Yangiliklar

Bitkoin 266 ming dollarga yetishi mumkin — JPMorgan

Tahlilchilar 3 ta sababni ko‘rsatdi
Foto: Michael Fortsch / Unsplash

Dunyoning eng yirik banklaridan biri bo‘lgan JPMorgan tahlilchilari Bitkoin narxi uzoq muddatda $266 mingga ko‘tarilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

The Block nashrining yozishicha, hozirgi bozor bosimiga qaramay, mutaxassislarning fikricha, dunyodagi yetakchi kriptovalyuta xavfsiz aktiv sifatida oltinga tobora jiddiy raqobatchiga aylanib bormoqda.

Nima uchun bozor hozir pasaymoqda?

Kriptovalyuta hozirda korreksiya bosqichida. Nikolaos Panigirtzoglou boshchiligidagi tahlilchilar buning bir nechta sabablarini aniqlaydi:

  • Texnologiya sohasidagi zaiflik: Texnologiya gigantlari aksiyalarining pasayishi xavfliroq aktivlarni ham o‘z safiga qo‘shdi;
  • Step Finance xakerlik hujumi: Step Finance platformasiga (Solana ekotizimi) yaqinda qilingan kiberhujum oqibatida $29 million o‘g‘irlangani investorlarning DeFi sektoriga bo‘lgan ishonchini pasaytirdi;
  • An’anaviy aktivlardagi korreksiya: hatto odatda xavfsiz boshpana hisoblangan oltin va kumush ham narxning keskin pasayishiga guvoh bo‘ldik.

Bitkoin va oltin

Vaqtinchalik qiyinchiliklarga qaramay, JPMorgan Bitkoin’ni rivojlanayotgan aktiv sifatida ko‘rmoqda.

Bitkoin-oltin o‘zgaruvchanlik nisbati tarixiy eng past ko‘rsatkich bo‘lgan 1,5 ga tushdi. Bu BTC-ni xavfni muvozanatlash bilan birga barqarorlikni izlayotgan institutsional investorlar uchun yanada jozibador qiladi.

Bitkoin’ning bozor kapitallashuvi xususiy oltin investitsiyalarining qiymatiga teng bo‘lishi uchun (markaziy bank zaxiralaridan tashqari $8 trillionga baholangan), bitta tanganing narxi $266 ming bo‘lishi kerak.

Avvalroq «Kursiv» 2026-yil yanvar oyida O‘zbekistonning xalqaro oltin-valyuta zaxiralari hajmi $8,8 mlrdga oshib, tarixiy maksimum – $75 mlrdga yetgani haqida yozgandi.