Chery QQ3 modeli uch soatda 27 mingdan ortiq buyurtma oldi

9-fevral 2026 10:03 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Chery yangi QQ3 modeli uchun oldindan buyurtmalarni ochdi
Rasm: Chery

Chery kompaniyasi yangi elektr xetchbeki QQ3 modeli uchun oldindan buyurtmalarni qabul qilishni boshladi. Bu haqda CarNewsChina xabar berdi.

Avtomobil xaridorlar orasida katta qiziqish uyg‘otgan va oldindan buyurtma ochilgan dastlabki uch soatda 27 mingdan ortiq buyurtma berildi.

Foto: Chery

CLTC sikliga ko‘ra, avtomobil 280 km dan 401 km gacha masofani bosib o‘ta oladi. Sotuvlar mart oyi boshida boshlanib, oy oxiridan ilk avtomobillar yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

Foto: Chery

Yangi QQ3 zamonaviy va tanish dizayni bilan ajralib turadi. Dumaloq kuzov shakli, katta yumaloq faralar, yopiq old panel, yarim yashirin eshik tutqichlari va ikki rangli oynalar bunga misol. Dizaynda Mini uslubiga o‘xshash jihatlar bor. Shu bilan birga, tarixiy detallarga ham ishora qilingan. Ustunda joylashgan Q logotipi va eshik pastidagi CHERY yozuvi shular jumlasidandir.

Foto: Chery

Avtomobil o‘lchamlari 4195×1811×1573 mm, g‘ildirak bazasi esa 2700 mm. Salon ichida turli buyumlar uchun 35 ta saqlash bo‘limi mavjud. Old yukxona hajmi 70 litr, orqa yukxona 375 litrni tashkil etadi. O‘rindiqlar buklanganda bu ko‘rsatkich 1450 litrgacha yetadi.

Foto: Chery

QQ3 orqa elektr dvigatel bilan jihozlangan. Dvigatel quvvati versiyasiga qarab 58 kVt yoki 90 kVt bo‘ladi. Akkumulyator Gotion kompaniyasining LFP turidagi batareyasi. Eng yuqori tezlik 125 km soat. Batareya sig‘imi hozircha ochiqlanmadi. Salonida esa 15,6 dyuymli 2.5K ekran, raqamli panel, sun’iy intellektli ovozli yordamchi, 256 rangli yoritish va simsiz quvvatlash tizimi mavjud.

Foto: Chery

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Matiz O‘zbekistonda ishlab chiqarilmasligi haqida ma’lumot berilgandi. «O‘zavtosanoat» AJ matbuot xizmatining «Kursiv» tahririyatiga ma’lum qilishicha, modelni ishlab chiqarish 2018-yilda to‘xtatilgan.

Shuningdek