Avto

Chevrolet Blazer 2026 modelining eng qimmat versiyasi qanday narxda

Yakuniy narx xaridor tanloviga va diler shartlariga bog‘liq
Chevrolet Blazer 2026 modelining eng qimmat versiyasi qanday narxda
Foto: Chevrolet

Chevrolet Blazer 2026 modelining maksimal konfiguratsiyadagi narxi ochiqlandi. Bu haqda GM Authority nashri xabar bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, modelning bazaviy qiymati $48,5 mingdan boshlanadi, biroq qo‘shimcha opsiyalar yakuniy narxni sezilarli oshiradi.

Eng qimmat versiya RS komplektatsiyasi to‘liq opsiyalar bilan $59,6 mingga baholangan. Ushbu summa avtomobilni mijozga yetkazib berish xarajatlarini o‘z ichiga oladi, ammo soliqlar alohida hisoblanadi.

Narx oshishiga bir qator qo‘shimcha tanlovlar sabab bo‘ladi. Masalan, maxsus kuzov rangi $495, panoramali shisha lyuk $1,5 ming, 21 dyuymli qora yengil qotishma disklar $1,1 ming V6 dvigatel esa yana $1 ming qo‘shadi.

Foto: Chevrolet

Qulaylik va faol xavfsizlik paketlari uchun $2,3 ming, OnStar va SiriusXM servislariga ulanish uchun esa $1 ming to‘lash talab etiladi.

Yakuniy narx xaridor tanloviga va diler shartlariga bog‘liq bo‘lib, qo‘shimcha aksessuarlar hisobiga u yana bir necha ming dollarga oshishi mumkin.

Shunga qaramay, Chevrolet Blazer RS to‘liq jihozlangan holatda ham ko‘plab premium sinfdagi benzinli krossoverlardan arzonroq qolmoqda.

Uning narxi esa Blazer’ning eng yuqori toifadagi elektr versiyasi Blazer EV bilan deyarli tenglashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Blazer EV elektromobili savdolari pasayayotgani haqida yozgan edi.