
2026-yilgi Chevrolet Tahoe Kanadada AQSh bozoriga nisbatan sezilarli darajada arzon sotilmoqda. Bu haqda GM Authority tahlilida keltirildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, barcha komplektatsiyalar Kanadada AQShdagidan foydaliroq narxda taklif etilmoqda. Farq asosiy versiyalarda $3,6 mingdan boshlanadi. Eng yuqori komplektatsiyalarda esa $6,3 mingdan oshadi.

AQSh dollariga aylantirilganda, Kanada bozoridagi Tahoe LS versiyalari AQShdagidan $3,6 – 4 ming arzon. LT, Z71 va RST kabi o‘rta komplektatsiyalar $4 – 4,6 ming kam turadi. Premier versiyasi qariyb $5,2 mingga, High Country esa $6,3 mingga arzon chiqmoqda.
Bu narxlarga yetkazib berish uchun $2,7 minglik transport to‘lovi kiritilgan. Shuningdek, $100 lik federal konditsioner yig‘imi va $699 lik dilerlik badali ham hisobga olingan. Shunga qaramay, Kanada xaridorlari baribir yutishda qolmoqda.

Kanadada $100 mingdan yuqori narxdagi avtomobillarga qo‘shimcha soliq qo‘llanadi. Chevrolet Tahoe Premier’da bu soliq taxminan $700 ni tashkil etadi. High Country versiyasida esa $1,6 mingga yaqin. Soliqqa qaramay, ushbu versiyalar AQShdagidan baribir arzonroq.
Kanada bozorida to‘liq yetak tizimi tanlovi cheklangan. Faqat LS komplektatsiyasi 2WD yoki 4WD bilan taklif etiladi. Qolgan barcha versiyalar faqat 4WD bo‘ladi.
Narxlar:

Ma’lumot uchun, Chevrolet Tahoe Arlington shahrida ishlab chiqariladi. Model GM’ning T1 platformasida qurilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobalt narxi qanchaga pasaygani haqida yozgan edi.