Diyora Keldiyorova ochgan dzyudo maktabi xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Fransiya poytaxti Parij shahrida Xalqaro dzyudo federatsiyasi «IJF Judo Awards-2025» marosimini o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan taqdim etilgan «Yilning eng yaxshi bolalar loyihasi» nominatsiyasida Diyora Keldiyorova dzyudo maktabi g‘olib deb topildi.

Taqdirlash marosimida mukofotni Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Diyora Keldiyorova qabul qilib oldi. Tadbirda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Komilov boshchiligidagi rasmiy delegatsiya ham ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahridagi 17-maktabda Diyora Keldiyorova nomidagi dzyudo maktabi faoliyat boshlagan. Hozirda unda 300 nafarga yaqin bola dzyudo bilan shug‘ullanmoqda. Shuningdek, Xalqaro dzyudo federatsiyasi tashabbusi bilan ilgari surilgan «Maktablarda dzyudo» dasturi poytaxt bilan birga respublikaning boshqa hududlarida ham amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husanov «Manchester Siti»da oyning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan edi.