Dollar o‘sishda davom etmoqda: 10-fevral uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Dollar o‘sishda davom etib, 9-fevral kuni 12 303,16 so‘mni (+23,68 so‘m) tashkil etgan edi
Dollar o‘sishda davom etmoqda
Foto: Depositphotos

10-fevral uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 17,18 so‘mga oshib, 12 320,34 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

3-fevral kuni 17,01 so‘mga oshib, 12 242,17 so‘mni, 4-fevral kuni 16,21 so‘mga oshib, 12 258, 38 so‘mni, 5-fevral kuni 7,39 so‘mga oshib, 12 265,77 so‘mni tashkil qildi. 8-fevral kuni dollarning qiymati 13,71 so‘mga oshib, 12 279,48 so‘mga yetdi. Dollar o‘sishda davom etib, 9-fevral kuni 12 303,16 so‘mni (+23,68 so‘m) tashkil etdi.

Grafik: SI

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 106,5 so‘mga pasayib, 14 614,39 so‘mni, rubl 0,14 so‘mga pasayib, 159,36 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek