Endi o‘zini band qilganlar BHMning kamida 1 baravarida soliq to‘laydi

eʼlon qilindi
Oldin ushbu miqdor BHMning 50 foizidan kam bo‘lmasligi lozim edi
O‘zbekiston va Ozarbayjon 2027-yilgi U-20 futbol chempionatiga tayyorgarlikni bir vaqtda boshladi
Endi o‘zini band qilganlar BHMning kamida 1 baravarida soliq to‘laydi / Foto: Freepik

«Aholi bandligi to‘g‘risida»gi qonunda o‘zgarishlar kiritildi. Endilikda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar BHMning kamida 1 baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin. Ilgari ushbu soliq miqdori BHMning 50 foizidan kam bo‘lmasligi belgilangan edi. Bu haqda Adlya vazirligi ma’lum qildi.

Qonunchilikka tadbirkorlar faoliyatini soddalashtirish va ortiqcha byurokratik to‘siqlarni kamaytirishga qaratilgan boshqa qo‘shimcha o‘zgarishlar ham kiritildi.

Unga ko‘ra, davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida berilishi mumkin. Bu tadbirkorlar uchun yerdan foydalanish jarayonini yanada ochiq va oson qilishga xizmat qiladi.

Iqtisodiy protsessual kodeksga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun talab qilinadigan litsenziyalarning amal qilish muddati 10 kundan ortiq, lekin 6 oydan ko‘p bo‘lmagan vaqtga to‘xtatib turilishi mumkin. Ilgari bu muddat 10 ish kunidan ortiq bo‘lishi mumkin emas edi.

Ma’lumot uchun, 2025 yil 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdori (BHM) ming so‘m etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tadbirkorlarga qo‘yilgan 1,6 mingdan ortiq majburiy talablar bekor qilingan edi.

Shuningdek