iPhone 17e sotib olishga arziydimi

9-fevral 2026 10:33 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
iPhone 17e sotib olishga arziydimi
Foto: androidinsider

Apple yaqin haftalarda iPhone 17e nomli nisbatan arzon modelni taqdim etishi kutilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, smartfon 19-fevral kuni e’lon qilinadi. Yangi model iPhone 16e’dan keyin ayrim muhim yaxshilanishlarni taklif qilishi kutilmoqda. Quyida Tom’s Guide nashriga asosan iPhone 17e’ni sotib olish uchun 5 sabab va undan voz kechish uchun 3 sabab keltiriladi.

iPhone 17e: Sotib olish uchun sabablar

Birinchidan, iPhone 17e’da to‘liq MagSafe texnologiyasi bo‘lishi kutilmoqda. Oldingi iPhone 16e’da bu imkoniyat yo‘q edi. Bu esa simsiz quvvatlash va MagSafe aksessuarlaridan qulay foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, 25 Vt tezlikdagi MagSafe quvvatlash ham bo‘lishi mumkin.

iPhone 17e sotib olishga arziydimi
Ekran tasviri AorS Mobile / YouTube

Ikkinchidan, iPhone 17e Apple A19 protsessori bilan jihozlanadi. Bu chip grafik va umumiy tezlik bo‘yicha A18’dan ancha kuchli. O‘yinlar va og‘ir ilovalar silliq ishlaydi.

Uchinchidan, yangi modelda eski notch o‘rniga Dynamic Island bo‘lishi kutilmoqda. Bu ekran ko‘rinishini zamonaviy va qulay qiladi, ayniqsa, video tomosha qilganda.

To‘rtinchi sabab, iPhone 17e’da C1X modem bo‘lishi aytilmoqda. Apple’ga ko‘ra, bu modem avvalgisidan ikki baravar tezroq ishlaydi. Internet tezligi oshadi va batareya tejamkorligi ham yaxshilanadi.

Shuningdek, Wi-Fi 7 tufayli internet tezligi va barqarorligi ancha yaxshilanadi. Bu, ayniqsa, onlayn o‘yinlar va yuqori sifatli video uchun muhim.

iPhone 17e: sotib olmaslik uchun sabablar

iPhone 17e’da ekran yangilanish chastotasi 60 Hz bo‘lib qolishi mumkin. 120 Hz’ga o‘rgangan foydalanuvchilar uchun bu kamchilik bo‘ladi.

Foto: «Palach»

Boshqa tarafdan yangi modelda yana bitta 48 MP kamera qolishi aytilmoqda. Keng burchakli kamera yo‘qligi uni raqobatchilardan ortda qoldiradi.

Shuningdek, agar iPhone 17e narxi $599 atrofida bo‘lsa, biroz ko‘proq to‘lab, oddiy iPhone 17’ni olish mantiqiyroq bo‘lishi mumkin. Chunki u 120 Hz ekran, ikkita kamera va ko‘proq xotira taklif qiladi.

Umuman olganda, yangi iPhone 17e kuchli protsessor, MagSafe va Wi-Fi 7 bilan yaxshi tanlov bo‘lishi mumkin. Ammo ekran va kamera masalasida cheklovlar bor. Agar imkon bo‘lsa, iPhone 17’ni ham ko‘rib chiqish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple sun’iy intellektni rivojlantirishda Google Gemini’dan foydalanishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek