Avto

Lada avtomobillari Apple’ning CarPlay sahifasida paydo bo‘ldi

Ushbu sahifada CarPlay bilan mos keluvchi 800 dan ortiq avtomobil modellari jamlangan
Lada avtomobillari Apple’ning CarPlay sahifasida paydo bo‘ldi
Lada Granta / Foto: Lada

Apple’ning rasmiy saytida joylashgan CarPlay qo‘llab-quvvatlanadigan avtomobillar ro‘yxatida ilk bor Lada brendi modellari qayd etildi.

Qo‘llab-quvvatlanadigan transport vositalari orasida Lada Granta, Vesta va XRay’ning 2021 – 2025-yillarda ishlab chiqarilgan talqinlari, shuningdek, Lada Largus’ning 2022 – 2025-yilgi modellarini ko‘rish mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu sahifada CarPlay bilan mos keluvchi 800 dan ortiq avtomobil modellari jamlangan. Ro‘yxatda eng yangi Lada Iskra modeli esa hozircha keltirilmagan.

Foto: Lada

Qiziqarli jihati shundaki, Lada modellari Apple sahifasida alifbo tartibiga ko‘ra Kia va Lamborghini brendlari orasida joylashgan. Bu esa mahalliy avtomobillar uchun CarPlay ekotizimida muhim ramziy holat sifatida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Lada avtomobillariga chegirmalar e’lon qilingani haqida yozgan edi.