Avto

Lada dvigatellari qancha xizmat qiladi

Ko‘plab Lada dvigatellari 300 ming km va undan ortiq masofani kapital ta’mirsiz bosib o‘tmoqda
Lada dvigatellari qancha xizmat qiladi
Rasm Grok SI

AvtoVAZ Lada avtomobillariga o‘rnatiladigan dvigatellar resursi haqida ma’lumot berdi. Kompaniya ma’lum qilishicha, yangi dvigatellar o‘z sinfi va hajmi bo‘yicha jahon bozoridagi o‘rtacha standartlarga mos keladi.

Loyiha bosqichida dvigatellar uchun kamida 220 ming km yurish resursi belgilab olinadi. Aynan shu ko‘rsatkich sinovlar va mustahkamlikni baholashda asos bo‘lib xizmat qiladi.

Amaliyotda esa dvigatelning xizmat muddati foydalanish sharoiti, yonilg‘i va moy sifati, texnik xizmatning o‘z vaqtida bajarilishi hamda haydash uslubiga bog‘liq bo‘ladi.

To‘g‘ri ekspluatatsiya qilinganda ko‘plab Lada dvigatellari 300 ming km va undan ortiq masofani kapital ta’mirsiz bosib o‘tmoqda.

Shuningdek, AvtoVAZ yangi dvigatel loyihalari seriyali ishlab chiqarishga chiqarilishidan oldin ko‘plab sinovlardan o‘tkazilishini ta’kidladi. Bu sinovlar motorning uzoq muddat xizmat qilish imkoniyatini oldindan baholashga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq avtomobillar uchun kichik va ishonchli dvigatellar e’lon qilingandi. Mexaniklar eng ishonchli variantlardan biri sifatida Honda’ning 1.5 T VTEC dvigatelini tilga oladi. Ushbu agregat Civic va HR-V modellarga o‘rnatilgan.