Avto

Mazda CX-3 avtomobili nega ishlab chiqarilmaydi

Model Yaponiya bozorida 2026-yil fevral oyi oxirida konveyerdan olinadi
Mazda CX-3 avtomobili nega ishlab chiqarilmaydi
Foto: Carcoops

Mazda kompaniyasi eng eski krossoveri bo‘lgan Mazda CX-3 modelini ishlab chiqarishni yakunlashga qaror qildi. Bu haqda Carcoops xabar bermoqda.

CX-3 Yaponiya bozorida 2026-yil fevral oyi oxirida konveyerdan olinadi. Shuningdek, model Tailand va Meksikadagi zavodlarda ham yaqin vaqt ichida ishlab chiqarilmaydi.

CX-3 ilk bor 2015-yilda taqdim etilgan bo‘lib, so‘nggi yillarda texnik va dizayn jihatdan ancha eskirgani qayd etilmoqda. Ko‘plab bozorlarda, jumladan, AQShda u allaqachon yanada zamonaviy va kengroq CX-30 modeli bilan almashtirilgan. 2027-yilda CX-3 o‘rnini bosuvchi yangi avlod krossoveri taqdim qilinishi kutilmoqda.

Foto: Mazda

Shu bilan birga, Mazda CX-5 modeli yangilanishdan so‘ng ishlab chiqarishda qolmoqda. 2026-yil yakunlariga ko‘ra, aynan CX-5 Rossiya bozorida brendning eng ommabop modeli bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Mazda MX-5 Miata AQSh bozoridagi eng «keksa» sportkarga aylangani haqida yozgan edi.