Metroda harakat xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima joriy etildi

eʼlon qilindi
BHMning 10 baravari (4,1 mln so‘m) miqdorida
Metroda harakat xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima joriy etildi
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi

Temir yo‘l transporti va metropolitenda harakat hamda tashish xavfsizligi talablarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Endilikda ushbu qoidabuzarliklar uchun mansabdor shaxslar va xodimlarga BHMning 10 baravari (4,1 mln so‘m) miqdorida jarima solinadi.

Shuningdek, temir yo‘l transporti va metropolitenda harakat yoki tashish xavfsizligi buzilishi bilan bog‘liq hodisani yoki u haqidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish ham javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bunday holatda ham mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravari miqdorida (4,1 mln so‘m) jarima qo‘llanadi.

Bundan tashqari, avtomobil transportida tegishli guvohnomasiz yo‘lovchi tashish, yo‘l haqi tariflarini asossiz oshirish, tasdiqlangan qatnov jadvaliga rioya qilmaslik yoki yo‘nalish sxemasidan chetga chiqish uchun BHMning 3 baravari miqdorida (1,2 mln so‘m) jarima belgilandi. Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metrosida yo‘lovchilar oqimi qanchaga oshgani haqida ma’lumot berilgandi.

Shuningdek