Sport

OCHL Elite: «Nasaf» ilk ochkosini qo‘lga kiritdi

Iroqning «Al-Shorta» klubiga qarshi o'yinda
Foto: «Nasaf» rasmiy sahifasi

OCHL Elite Chempionlar ligasining 7-turi doirasida «Nasaf» hamda Iroqning «Al-Shorta» klublari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida o‘tkazilgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Uchrashuvning 8-daqiqasidayoq qarshiliklar hisobni ochdi — Sharof Muhitdinov uzatmasidan so‘ng Murod Rahmatov aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/02/2026-02-09-18-53-25shorta1.mp4

Ikkinchi bo‘limda mehmonlar hisobni tenglashtirishga erishdi. 68-daqiqada «Al-Shorta» safida Sharif Abdulhakim gol muallifiga aylandi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/02/2026-02-09-18-40-40_encodednasaf.mp4

Ushbu natija orqali «Nasaf» joriy mavsumdagi Elite Chempionlar ligasida ilk ochkosini jamg‘ardi. Biroq 7 turdan so‘ng jamoa G‘arb mintaqasi turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda qolmoqda va pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini boy berdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Nasaf» mavsumdagi ilk ochkosini qo‘lga kiritish uchun maydonga tushishi haqida yozgandi.