
Ilon Mask SpaceX kompaniyasi Oyda birinchi shaharni qurishni 10 yil ichida amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Oy loyihasi Marsni egallashga qaraganda vaqt jihatidan ancha real va tez rivojlanadi.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, SpaceX e’tiborini Oyda o‘zini rivojlantiradigan shahar qurishga qaratgan. Kompaniya baholashicha, bu maqsadga 10 yildan kamroq vaqt ichida erishish mumkin. Holbuki, Marsda shahar barpo etish uchun 20 yildan ortiq vaqt talab qilinadi.
Tadqiqotchi amaliy sabablarga ko‘ra e’tibor yo‘nalishini o‘zgartirganini ta’kidladi.
Marsga uchish faqat 26 oyda bir marta amalga oshiriladi va parvoz taxminan 6 oy davom etadi. Oyga esa har 10 kunda uchish mumkin va safar atigi 2 kun davom etadi. Shu bilan birga, SpaceX Mars rejalari haqida butunlay voz kechmaydi. Kompaniya taxminan 5–7 yildan keyin Marsda shahar qurishni boshlashni rejalashtirmoqda.

Avvalroq SpaceX 2027-yil mart oyida Starship kemasini Oyga birinchi pilotsiz qo‘nishini amalga oshirishni maqsad qilgan edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya NASA bilan hamkorlikda oy dasturiga e’tibor qaratishga qaror qilgan va Mars missiyalarini vaqtincha kechiktirgan.
Eslatib o‘tamiz, sal oldinroq Ilon Mask xAI va SpaceX kompaniyalarini birlashtirish orqali kosmosda ma’lumot markazlari yaratish tashabbusini ilgari surgan edi.