Gadjetlar

Samsung Galaxy F70e 5G smartfoni rasman taqdim etildi

Smartfon savdosi 17-fevraldan boshlanadi
Samsung Galaxy F70e 5G smartfoni rasman taqdim etildi / Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi yangi Galaxy F70e 5G smartfonini rasmiy ravishda taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Qurilmada 6,7 dyuymli LCD ekran mavjud bo‘lib, u HD+ rezolyutsiya, 120 Hz yangilanish chastotasi va 800 nit maksimal yorqinlikni ta’minlaydi.

Samsung Galaxy F70e 5G smartfoni taqdim etildi
Foto: Samsung

Dizayn va tashqi ko‘rinish

Smartfonning orqa paneli sun’iy teri bilan qoplangan. Qurilma zamonaviy va qulay dizayn bilan ishlab chiqilgan, ergonomik shakl va mustahkam materiallar ishlatilgan.

Texnik xususiyatlar

Galaxy F70e MediaTek Dimensity 6300 yagona chipli tizimi asosida ishlaydi. Qurilmada 6 GB gacha operativ xotira va 128 GB ichki xotira mavjud. Smartfon Android 16 operatsion tizimi va One UI 8 interfeysi bilan ishlaydi hamda oltita yirik tizim yangilanishini oladi.

Foto: Samsung

Batareya va kameralar

Smartfon 6000 mAh quvvatli batareya bilan jihozlangan va 25 Vt tezkor simli quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Orqa kamera 50 MP asosiy sensor va 2 MP chuqurlik sensoriga ega. Old panelda esa 8 MP selfie-kamera mavjud.

Qo‘shimcha xususiyatlari va narxi

Qurilma ikki diapazonli Wi-Fi, Bluetooth 5.4, ikki SIM-karta qo‘llab-quvvatlashi, barmoq izi skaneri, 3,5 mm audio chiqishi va IP54 darajasida suv va changdan himoya bilan ta’minlangan. Narxi $110–$165 oralig‘ida.

Foto: Samsung

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung One UI 8.5 beta-versiyasini qaysi qurilmalarga tayyorlayotgani haqida yozgan edik.