Xiaomi 18 Pro smartfoni qanday kamera bilan chiqadi

9-fevral 2026 14:06 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Xiaomi 18 Pro ikki dona 200 MP kameraga ega bo‘lishi mumkin
Ekran tasviri YouTube

Xiaomi 18 smartfonlari seriyasi joriy yil oxirida taqdim etilishi kutilmoqda. GSM Arena’ga ko‘ra, ushbu liniyadagi Xiaomi 18 Pro modeli juda kuchli kamera tizimiga ega bo‘lishi mumkin.

Digital Chat Station’ning xabar berishicha, 6,3 dyuymli ekranli yangi flagman smartfon orqa qismida ikkita 200 megapikselli kamera bilan jihozlanadi. Manbada model nomi aniq aytilmagan bo‘lsa-da, gap aynan Xiaomi 18 Pro haqida ketayotgani taxmin qilinmoqda.

Xiaomi 17 Pro / Foto: ijtimoiy tarmoq

Avvalgi Xiaomi 17 va 17 Pro modellarida ham ekran o‘lchami bir xil bo‘lgan, biroq kuchli kamera faqat Pro versiyada taklif qilingan. Shu sababli, Xiaomi 18 Pro’da ham 200 MP asosiy kamera va 200 MP periskop telefoto kamera bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Xiaomi 18 Pro Max modeli ham shunday kamera yangilanishini olishi ehtimoli bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi 18 Pro dizayni avvalgi avlodga o‘xshash bo‘ladi va orqa tomondagi qo‘shimcha displey saqlab qolinadi. Oddiy Xiaomi 18 modeli esa periskop telefoto kameraga ega bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi 17 va Xiaomi 17 Ultra global bozorga yangi ranglarda taqdim etilishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek