11-fevral kuni hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
eʼlon qilindi
11-fevral soat 20:00 gacha amal qiladi

11-fevral kuni O‘zbekistonning ko‘p joylarida yomg‘ir yoki qor yog‘adi, ba’zi joylarda tuman kuzatilishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 8-10° iliq | 8-10° iliq | Yomg‘ir, vaqti-vaqti bilan kuchayishi mumkin |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 1-6° sovuq | 8-13° sovuq | Kechasi va ertalab qor, tuman tushishi mumkin |
| Xorazm viloyati | 0-5° sovuq | 5-10° sovuq | Kechasi va ertalab qor, tuman tushishi mumkin |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | 5-10° iliq (cho‘l hududlarda 0-5° iliq) | 5-10° iliq (cho‘l hududlarda 0-5° sovuq) | Yomg‘ir, cho‘l hududlarda yomg‘ir yoki qor, tuman tushishi ham mumkin |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | 5-10° iliq | 5-10° iliq | Yomg‘ir, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | 12-17° iliq | 5-10° iliq | Yomg‘ir, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 7-12° iliq | 2-7° iliq | Yomg‘ir, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin |
| Respublikaning tog‘li hududlari | 2° sovuq – 3° iliq | 2° sovuq – 3° iliq | Yomg‘ir va qor, ba’zi joylarda kuchayadi, tuman tushishi ham mumkin |