Yangiliklar

11-fevral kuni hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

11-fevral soat 20:00 gacha amal qiladi
11-fevral kuni hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda / Foto: Sun’iy intellekt

11-fevral kuni O‘zbekistonning ko‘p joylarida yomg‘ir yoki qor yog‘adi, ba’zi joylarda tuman kuzatilishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.

Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:

HududKunduzgi haroratKechki haroratYog‘ingarchilik
Toshkent shahri8-10° iliq8-10° iliqYomg‘ir, vaqti-vaqti bilan kuchayishi mumkin
Qoraqalpog‘iston Respublikasi1-6° sovuq8-13° sovuqKechasi va ertalab qor, tuman tushishi mumkin
Xorazm viloyati0-5° sovuq5-10° sovuqKechasi va ertalab qor, tuman tushishi mumkin
Buxoro va Navoiy viloyatlari5-10° iliq (cho‘l hududlarda 0-5° iliq)5-10° iliq (cho‘l hududlarda 0-5° sovuq)Yomg‘ir, cho‘l hududlarda yomg‘ir yoki qor, tuman tushishi ham mumkin
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari5-10° iliq5-10° iliqYomg‘ir, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari12-17° iliq5-10° iliqYomg‘ir, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari7-12° iliq2-7° iliqYomg‘ir, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin
Respublikaning tog‘li hududlari2° sovuq – 3° iliq2° sovuq – 3° iliqYomg‘ir va qor, ba’zi joylarda kuchayadi, tuman tushishi ham mumkin