2026-yil 17-fevral kuni Yerda halqasimon Quyosh tutilishi kuzatiladi

eʼlon qilindi
Keyingi halqasimon Quyosh tutilishi 2027-yil 6-fevralda bo‘lib o‘tadi
2026-yil 17-fevral kuni Yerda halqasimon Quyosh tutilishi kuzatiladi / Foto: Sun’iy intellekt

Yerda 2026-yil 17-fevral kuni halqasimon Quyosh tutilishi sodir bo‘ladi. Bu haqda Kosmik tadqiqotlar instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma’lum qildi.

Tutilish Toshkent vaqti bilan soat 16:50 dan 17:36 gacha davom etadi. Quyosh diskining halqa shakliga kirishini faqat Antarktidada kuzatish mumkin bo‘ladi. Mutaxassislar bu hodisani o‘z ko‘zi bilan ko‘ra oladiganlar soni XXI asr davomida atigi bir necha kishi bo‘lishini qayd etmoqda.

Antarktidadagi o‘nlab stansiyalar orasida faqat Dengiz Devis sohilidagi «Mirniy» stansiyasi halqasimon tutilish yo‘lagiga to‘g‘ri keladi. Avstraliyaning «Devis» stansiyasi va Rossiyaning «Progress» stansiyasida esa Quyosh Oy tomonidan qisman yopilib, yarimoy shaklida ko‘rinadi.

Foto: Kosmik tadqiqotlar instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi

Olimlar bu safar ilmiy kuzatuvlar uchun chekka hududlarga borishni rejalashtirmayapti, chunki halqasimon tutilish vaqtida Quyosh tojchasi ko‘rinmaydi. Ilmiy turizmning navbatdagi to‘lqini 2026-yil 12-avgustda, to‘liq Quyosh tutilishi Islandiya va Grenlandiyaning sharqiy qismi kabi nisbatan qulay hududlardan o‘tganda yuz beradi.

Keyingi halqasimon Quyosh tutilishi 2027-yil 6-fevralda bo‘lib o‘tadi va uni Janubiy Amerikada kuzatish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq nemis kompaniyasi kosmosda quyosh panellarini ishlab chiqarishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek