2026-yilda Apple taqdim qiladigan 11 ta yangi mahsulot

10-fevral 2026 11:52 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
2026-yilda Apple taqdim qiladigan 11 ta yangi mahsulot
Foto: Geeky Gadgets

Apple kelgusi olti oy ichida bir qator yangi qurilmalarni taqdim etishi kutilmoqda. Bloomberg jurnalisti Mark Gurman’ning ma’lumotlariga qaraganda, yangi iPhone’lar, iPad’lar, MacBook’lar va iOS’ning yangilangan versiyasi rejalashtirilgan.

iPhone’lar: iPhone 17e

2026-yilning eng arzon iPhone’i: Apple iPhone 17e’ni ishlab chiqarishni boshlaydi
Foto: Texno.org

Apple e-seriyasini har yili bahorda yangilab borishni rejalashtirmoqda. 2026-yilda iPhone 17e taqdim etiladi. Undagi asosiy o‘zgarishlar tashqi dizayndan ko‘ra ichki texnologiyalarga taalluqli bo‘ladi. Qurilma A19 protsessori, MagSafe quvvatlash tizimi, Apple ishlab chiqqan C1 modem va N1 simsiz chipga ega bo‘ladi. Bu esa Wi-Fi 7, Bluetooth 6 va aqlli uylar uchun Thread texnologiyasini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Narxi esa taxminan $599 bo‘lib qolishi mumkin.

Shuningdek, kuz oylarida iPhone 18 Pro, iPhone 18 Pro Max va buklanuvchi iPhone Fold taqdim etilishi kutilmoqda.

iPad’lar: asosiy model, Air va Mini

Foto: ijtimoiy tarmoq

2026-yilda kamida uchta yangi iPad modeli chiqadi. Bular yangilangan asosiy iPad, iPad Air va iPad mini. Ularning barchasida yangi Apple chiplaridan foydalaniladi. Asosiy model A19 protsessoriga, iPad Air esa M4 chipiga ega bo‘lishi mumkin. iPad mini esa OLED ekran va kuchliroq protsessor bilan ta’minlanishi ehtimoli bor, biroq u biroz kechroq chiqariladi.

MacBook’lar: arzon model va yangi Pro’lar

Apple
Foto: Aplepro.news

Apple yangi MacBook Pro M5 Pro va M5 Max modellarini, shuningdek, MacBook Air M5’ni taqdim etishi kutilmoqda. Eng qiziqarli yangilik taxminan $599 turadigan arzon MacBook bo‘lishi mumkin. U Windows noutbuklari va Chromebook’larga raqobatchi sifatida chiqariladi. Ushbu model 12 – 13 dyuymli ekran va A18 Pro chipiga ega bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, yangilangan Mac Studio, Studio Display va yangi Mac mini modellari ham rejalashtirilgan.

iOS 26.4 va yangi Siri

Foto: Bez Kabli

2026-yil mart oyida iOS 26.4 chiqishi kutilmoqda. Unda Siri’ning ancha rivojlangan versiyasi taqdim etiladi. To‘liq yangilangan Siri va Apple Intelligence imkoniyatlari esa WWDC 2026’da, iOS 27 bilan birga namoyish etilishi mumkin.

Umuman olganda, 2026-yil Apple uchun juda sermahsul yil bo‘lishi kutilmoqda. Foydalanuvchilarni ko‘plab yangi qurilmalar va texnologik yangiliklar kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone 18 Pro kamerasi o‘zgarishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Tom’s Guide ma’lumotlariga qaraganda, Apple ilk bor iPhone’da o‘zgaruvchan diafragma (variable aperture) texnologiyasini joriy etishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek