Amazon nashriyotlar uchun SI kontent marketpleysini ishga tushirmoqda

Amazon nashriyotlarga sun’iy intellekt mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga kontent sotish imkonini beruvchi marketpleys ishga tushirmoqchi. Bu haqda Reuters nashri ma’lum qildi.
Hisobotga ko‘ra, Amazon Web Services 10-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan konferensiya oldidan loyiha haqida slaydlar tarqatgan. Ushbu slaydlarda kontent bozor maydonchasi AWS’ning Bedrock va Quick Suite kabi asosiy sun’iy intellekt vositalari bilan birga ko‘rsatilgan. Nashriyotlar ushbu platformadan o‘z bizneslarida foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Hozirda nashriyotlar va sun’iy intellekt kompaniyalari onlayn kontentdan foydalanish qoidalarini muhokama qilmoqda. Nashriyotlar kontent qancha ishlatilsa, shuncha ko‘tariladigan foydalanish asosidagi to‘lovlarni joriy etishni talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amazon kino ishlab chiqarishda SI yordamchilarini sinovdan o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.