
Changan Deepal S05 elektromobili Euro NCAP reytingida besh yulduzni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Kursiv Media ma’lum qildi. Model yangilangan baholash protokollari asosida sinovdan o‘tkazilgan.
Mundarija:
- Yo‘lovchilar va atrofdagilar uchun himoya
- Suv ostida qolish ssenariysi va bolalar xavfsizligi
- Aqlli yordamchilar va bahsli jihatlar
Yo‘lovchilar va atrofdagilar uchun himoya

Sinovlarning muhim jihatlaridan biri kuzovning xatti-harakati bilan bog‘liq bo‘ldi. Old tomondan to‘qnashuvda Deepal S05 qarama-qarshi avtomobilga yetadigan zarar kamaytiradi. Salonda esa mustahkam ustunlar kattalar xavfsizligini yuqori darajada ta’minlaydi. Himoya darajasi 94 foizga baholandi. Markaziy xavfsizlik yostiqchasi haydovchi va old yo‘lovchining bosh qismi to‘qnashishini oldini oladi.
Suv ostida qolish ssenariysi va bolalar xavfsizligi

Muhandislar kam uchraydigan, biroq muhim holatni ham inobatga olgan. Avtomobil suvga tushib qolgan taqdirda, elektron tizimlar va eshik mexanizmlari yo‘lovchilarga oynalar orqali chiqib ketish uchun vaqt beradi. Bolalar xavfsizligi 87 foizga baholangan. 6 va 10 yoshli bolalar manekenlari maksimal ball olgan. Child Presence Detection tizimi esa salon ichida bola qolib ketgani haqida qo‘shimcha ogohlantirish beradi.
Aqlli yordamchilar va bahsli jihatlar
Deepal S05’ning elektron yordamchilari piyodalar, velosipedchilar va mototsikllarni himoyalashga qaratilgan. Avtomobil eshigining xavfli ochilishini oldini oladi va yo‘lda ehtimoliy to‘qnashuvlar xavfini kamaytiradi. Shu bilan birga, haydovchi charchoqlarini aniqlash tizimi nol ball olgan. Sababi, kamera mavjud bo‘lsa-da, u Euro NCAP tekshiruv mezonlaridan o‘ta olmagan.

Besh yulduzli reyting og‘irligi 1,9 kg bo‘lgan barcha Deepal S05 versiyalariga tatbiq etiladi. Bu Changan subbrendining xavfsizlik borasidagi yondashuvi barqaror va yuqori darajada ekanini ko‘rsatmoqda. Deepal S05 nafaqat texnologik, balki inson hayotini birinchi o‘ringa qo‘yadigan elektromobil sifatida baholandi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Changan Deepal G318 va S07 modellari ishlab chiqarila boshlangani haqida yozgan edi.