
11-fevral uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 10,35 so‘mga tushib, 12 309,99 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
4-fevral kuni 16,21 so‘mga oshib, 12 258, 38 so‘mni, 5-fevral kuni 7,39 so‘mga oshib, 12 265,77 so‘mni tashkil qildi. 8-fevral kuni dollarning qiymati 13,71 so‘mga oshib, 12 279,48 so‘mga yetdi. Dollar o‘sishda davom etib, 9-fevral kuni 12 303,16 so‘mni (+23,68 so‘m) tashkil qildi. 10-fevral kuni esa 17,18 so‘mga oshib, 12 320,34 so‘mga yetgandi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 106,5 so‘mga pasayib, 14 614,39 so‘mni, rubl 0,14 so‘mga pasayib, 159,36 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.