Avto

Ferrari Luce uchun yangi interyer dizayni taqdim etildi — foto

Dizayn zamonaviy texnologiyalarni retro uslub bilan uyg‘unlashtirgan
Ferrari Luce uchun yangi interyer dizayni taqdim etildi / Foto: Ferrari

Apple’ning sobiq bosh dizayneri Joni Ayv tomonidan tashkil etilgan LoveFrom kompaniyasi Ferrari’ning ilk elektr avtomobili Luce uchun interyer dizaynini yaratdi. Bu haqda Ferrari kompaniyasi ma’lum qildi.

Foto: Ferrari

Interyer minimalistik uslubda yaratilgan bo‘lib, yumaloq shakllar va ko‘plab kichik detallar bilan boyitilgan. Salonning asosiy uch elementi rul va asboblar paneli, buriladigan ekran bilan tugmalar bloki hamda markaziy konsol va uzatma qutisi o‘zgartirgichidir.

Foto: Ferrari

Dizayn zamonaviy texnologiyalarni retro uslub bilan uyg‘unlashtiradi. Old panel uchta ekran bilan jihozlangan, ammo ular klassik asboblar kabi ko‘rinadi. Panelning o‘zi esa yarim asrlik avtomobillardan to‘g‘ridan to‘g‘ri olingan kabi ta’sir beradi.

Foto: Ferrari

Katta buriladigan ekran boshqa avtomobillardagi ekranlarga deyarli o‘xshamaydi. Kvadrat shakldagi ekran umumiy ko‘rinishda alohida portativ elektron qurilmaga o‘xshaydi, analog boshqaruv elementlari va mexanik soat bilan jihozlangan.

Salon bo‘ylab taxminan 40 ta Corning Gorilla Glass elementi bor, masalan, uzatma qutisi qo‘ltiqlari va biroz qavariq asboblar paneli linzalari.

Foto: Ferrari

Shuningdek, elektron kalit ham o‘ziga xos dizaynga ega. Uning old panelida sariq fonda Ferrari logotipi bilan katta rangli E Ink ekran joylashgan. Kalit konsoldagi uyaga joylashtirilganda, ekran xira bo‘ladi, bu energiyaning kalitdan avtomobilga uzatilishini ramziy ifodalaydi.

Ferrari LUCE | Si chiama così l'elettrica firmata da Jony IVE. Ecco gli INTERNI!
Video: Canale TV 510

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ferrari yagona nusxadagi 12Cilindri modelini taqdim etgan edi.