Keldiyorovaning romantik e’tirofi, oshpaz rolidagi Shomurodov va Balotelli bilan ko‘rishgan UFC chempioni — Sport lenta

10-fevral 2026 18:17 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Rasm: Kollaj / Kursiv Uzbekistan

So‘nggi sutka davomida o‘zbek va jahon sportchilari ijtimoiy tarmoqlarda ancha faol bo‘lishdi: kimdir turmush o‘rtog‘iga sevgisini izhor qildi, yana kimdir oila davrasida tug‘ilgan kun nishonladi.

Ahmadaliyev va Meliqo‘ziyev mashg‘ulotlarda

Professional boks bo‘yicha sobiq jahon chempion Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi janglariga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda. MJ o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yana bir mashhur charm qo‘lqop ustasi Bektemir Meliqo‘ziyev bilan birgalikda shug‘ullanayotgani aks etgan video va rasmlarni ulashdi.

Eldor Shomurodov oila davrasida

Foto: Instagram / Eldor Shomurodov

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov bo‘sh vaqtini oilasiga bag‘ishlashda davom etmoqda. Futbolchi o‘g‘li Mustafo bilan birgalikda oshxonada yegulik tayyorlayotgani aks etgan samimiy suratni sahifasiga joyladi. Maydondagi hujumchi bu safar oshpazlik mahoratini namoyish etib, farzandi bilan maroqli vaqt o‘tkazayotganini ko‘rsatdi.

Foto: Instagram / Eldor Shomurodov

Mahmud Murodov 36 yoshda

Foto: Instagram / Mahmud Murodov

Hozirda Chexiyada istiqomat qilayotgan mashhur MMA jangchisi Mahmud Murodov o‘zining 36 yoshini qarshi oldi. Sportchi ushbu unutilmas kunni yaqin insonlari davrasida o‘tkazishni ma’qul ko‘rdi. Murodov tug‘ilgan kunini turmush o‘rtog‘i va qizalog‘i bilan birgalikda, oilaviy muhitda nishonlagani aks etgan kadrlarni muxlislari bilan bo‘lishdi.

Keldiyorovadan fransuzcha dil izhori

Foto: Instagram

Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova uchun kun qo‘shaloq quvonch bilan o‘tdi. Uning loyihasi nufuzli IJF Awards mukofotiga loyiq ko‘rildi. Ushbu muvaffaqiyat fonida dzyudochi turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini ulashib, fransuz tilida «Je t’aime» (Seni sevaman) deya romantik izoh qoldirdi.

Foto: Instagram / Diyora Keldiyorova

Mahachev va «Super Mario»

UFC yengil vazn toifasi chempioni Islom Mahachev futbol olamining eng yorqin va bahsli yulduzlaridan biri bilan ko‘rishdi. Dog‘istonlik jangchi italiyalik mashhur hujumchi Mario Balotelli bilan birga tushgan suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram / Islom Mahachev
Shuningdek