Lenovo Legion Y700 plansheti xususiyatlar oshkor bo‘ldi

eʼlon qilindi
Yangi qurilma Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipiga ega bo‘ladi
Foto: Notebookcheck

Lenovo kompaniyasining taqdimoti kutilayotgan Legion Y700 plansheti haqidagi yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.

Gadjet 3040×1904 pikselli 8,8 dyuymli ekran bilan jihozlanadi. Ekran yangilanish chastotasi 165 Gts, eng yuqori yorqinligi esa 800 kd/m² ni tashkil etadi. Shuningdek, 12 bitli rang chuqurligi va P3 rang gammasi to‘liq qamrab olingani ma’lum qilingan (ShIM 2640 Gts). Insayderning xabar berishicha, planshetning asosi flagman darajasidagi Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipi bo‘ladi.

Foto: Connect.ro

Xotira konfiguratsiyasi uch xil variantda taqdim etiladi: 12/256 GB, 16/512 GB va 24 GB/1 TB. To‘plamdagi quvvatlash blogining quvvati 68 Vt, planshetning og‘irligi esa taxminan 360 grammni tashkil qiladi. Legion Y700 qora va oq ranglarda ishlab chiqariladi. Yangi mahsulot premyerasi 2026-yilning mart oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, biroq aniq sana hozircha e’lon qilinmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Lenovo Xiaoxin Tablet Pro GT plansheti savdoga chiqqani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek