«Moskviсh 3» narxi qanchaga qimmatlashdi

10-fevral 2026 13:15 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: «Moskvich»

Rossiyada eng arzon bo‘lgan «Moskviсh 3» krossoveri qimmatlashdi. Bu haqda «Avtonovosti dnya» ma’lum qildi.

«Moskviсh» zavodi mexanik uzatma va variatorga ega «Standart plus», shuningdek, «Komfort» versiyalarini telematikasiz taklif qilmaydi. Barcha yangi avtomobillar «Moy Moskviсh» yoki «M-Kontrol» tizimi bilan jihozlanadi.

O‘zgarishlardan oldin eng arzon variant 1 945 000 rubl ($21 ming) bo‘lgan.

Telematikasiz arzon versiyalar bekor qilinishi xaridor tanlovini chekladi. Endilikda pastroq narx evaziga soddaroq komplektatsiyani tanlash imkoni yo‘q.

Narx:

KomplektatsiyaNarx (rubl)Narx (dollar)
Standart Plus Telemetika, MKP1 952 000$21,7 ming
Standart Plus Telemetika, CVT2 041 000$22,7 ming
Komfort Telemetika, CVT2 175 000$24,2 ming
Standart Plus Telemetika MY26, MKP1 952 000$21,7 ming
Standart Plus Telemetika MY26, CVT2 041 000$22,7 ming
Komfort Telemetika MY26, CVT2 175 000$24,2 ming

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri tank shaklidagi «Buxanka» Chevrolet Tracker narxida sotuvga qo‘yilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek