Muzlab qolgan mashina eshigining qulfi qanday ochiladi

10-fevral 2026 10:59 eʼlon qilindi

Asadbek Komilov

Asadbek Komilov

Foto: depositphotos

Kuchli sovuq kunlar boshlanishi bilan ko‘plab haydovchilar yoqimsiz va asabiy holatga duch keladi: kalit eshik qulfida umuman aylanmaydi. Vahimaga tushish, kuch bilan bosish yoki, yanayam yomoni, qulf ustiga qaynoq suv quyish qimmat ta’mirlarga olib kelishi mumkin. Texnika fanlari nomzodi Oleg Ruban fizika bilimlariga tayangan holda muammoni qanday hal qilish mumkinligi haqida aytib berdi.

Ushbu maqolada quyidagilarni batafsil bilib olasiz:

Qulf muzlashining asl sababi

Ko‘pchilik eshik qulf ichiga tushgan qor sabab muzlab qoladi, deb hisoblaydi. Ammo Oleg Rubanning aytishicha, muammoning ildizi nozikroq va kondensat bilan bog‘liq.

Foto: wirestock

«Qulflarning muzlashi qulf kovagining ichida namlikning kondensatsiyalanishi tufayli yuz beradi. Past haroratlarda bu namlik muzga aylanib, qulf mexanizmini bloklaydi», — deydi mutaxassis.

Kuz-qish davrida muqarrar bo‘lgan nam havo mexanizm ichiga kiradi. Harorat keskin pasayganda yoki tun davomida shudring nuqtasi qulf ichida hosil bo‘ladi, mikroskopik suv tomchilari metall shtift va prujinalarga cho‘kadi, so‘ng muzlab, detallarni bitta «monolit»ga bog‘lab qo‘yadi. Bu faza o‘zgarishining klassik misoli bo‘lib, mexanik to‘siqni yuzaga keltiradi.

Foto: depositphotos

Nimalarni qilish mumkin emas

Eng keng tarqalgan va xavfli maslahat — qulfni qaynoq suv bilan quyish. Bu usul ayrim hollarda yordam berishi mumkin, ammo oqibatlari achinarli bo‘lishi ehtimoli yuqori: keskin harorat farqi qulf atrofidagi bo‘yoq qoplamasini yorib yuborishi mumkin. Bundan tashqari, ichkariga kirgan suv muammoni qayta keltirib chiqaradi. Ikkinchi mif — qo‘pol kuch ishlatish. Kalit yurmasa, uni og‘ir narsa bilan urish yoki qisqich bilan burashga urinishadi. Muz kam bo‘lsa, ish berishi mumkin. Ammo muz ko‘p bo‘lsa, bu kalit sinishi yoki qulf ichki qismlarining shikastlanishiga olib keladi. Bunday ta’mir esa favqulodda ochib berish xizmatidan ancha qimmatga tushadi.

Foto: auto.onliner.by

Ruban ko‘pincha e’tibordan chetda qoladigan muhim nuqtaga ham e’tibor qaratdi:

«Ba’zan muammo qulfning o‘zida emas, signalizatsiya brelogi batareyasining bo‘shab qolganida bo‘lishi mumkin. Muzlagan mexanizm sabab vahimaga tushishdan oldin, kalitdagi elementni tekshirib ko‘ring — ehtimol, markaziy qulf ochish buyrug‘ini olmayotgandir», — deydi ekspert.

Amaliy yechim

Agar qulf baribir muzlab qolgan bo‘lsa, fizik samaradorlik va xavfsizlikka asoslangan aniq ketma-ketlikni taklif etadi. Eng yaxshi variant — maxsus vositalardan foydalanish.

«Qulflarni muzdan tozalash uchun tarkibida antifriz bo‘lgan maxsus spreylar bor. Ular izopropil spirti kabi spirtlarni o‘z ichiga oladi, ularning muzlash harorati suvnikiga qaraganda past va muzlarni samarali eritadi», — deya tushuntirdi Ruban.

Muqobil sifatida WD-40 texnik aerozolini qo‘llash mumkin. U tarkibidagi erituvchilar hisobiga muzni eritadi va ustiga-ustak yupqa himoya qatlam hosil qiladi. Agar maxsus vositalar yoningizda bo‘lmasa, xavfsiz qizdirish usuliga murojaat qiling.

Foto: stp-russia.ru

«Agar yaqin atrofda rozetkaga ulanish imkoni bo‘lsa, fen bilan qulfni qizdirish mumkin. Fen bo‘lmasa, issiq suv solingan plastik butilkani qulf kovagiga yaqinlashtiring. Issiqlik metallga asta va xavfsiz uzatiladi. Yana bir yo‘l — kalitni oldindan isitish, ammo bunda juda ehtiyot bo‘lish kerak, kalitni ortiqcha qizdirmaslik muhim», — urg‘ulaydi u.

Qo‘shimcha usul sifatida ehtiyotkor mexanik ta’sirni sinab ko‘rish mumkin.

«Kalitga yengil urish qulf ichidagi muzni maydalashga yordam berishi mumkin. Ammo kuchni oshirmang. Kalitni qulfga ehtiyotkorlik bilan kiritib, uni turli tomonga yengil burab ko‘ring. Maqsad mexanizmni sindirish emas, muz qobig‘ini parchalash», — deya maslahat berdi mutaxassis.

Eng samarali yo‘l

Foto: kolesa-darom.ru

«Qulflarning muzlashini oldini olish uchun silikon moylar kabi surkov vositalarini muntazam qo‘llash kerak. Ular namlik kondensatsiyasiga to‘sqinlik qiladigan himoya qatlam hosil qiladi», — deya xulosa qildi olim.

Kech kuzda qulfni shunday moy bilan ishlov berish — tonggi muzli «syurprizlar»dan qutulishning oddiy va ishonchli usuli.

Foto: depositphotos

Avtomobil qulfning muzlashi tasodif emas, balki oldindan bashorat qilinadigan fizik jarayondir. U bilan kurashish tushuncha va to‘g‘ri ketma-ketlikni talab qiladi. Olim ta’kidlaganidek, eng yaxshi strategiya silikon moylar yordamida puxta profilaktika va zarur paytda ilmiy asoslangan muzdan tushirish usullarini ehtiyotkorlik bilan qo‘llashdan iborat. Bunday yondashuv vaqt, asab va pulni tejaydi hamda qattiq sovuqda ham avtomobilga oson va xavfsiz kirishga yordam beradi.

Avvalroq «Kursiv» avtomobilni qishda qanday saqlash kerakligi haqida yozgandi.

Shuningdek