Yangiliklar

«Og‘ir» mahallalarda kichik quyosh elektr stansiyalari ishga tushiriladi

Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi
Foto: Unsplash / American Public Power Association

«Og‘ir» mahallalarda daromad keltiradigan aktiv sifatida 300 – 500 kVt quvvatga ega kichik quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Hujjatda bir oy muddatda qo‘shimcha prezident qarori loyihasi kiritilishi nazarda tutilgan. Unda kichik quyosh elektr stansiyalarini belgilangan tartibda loyihalash, davlat ekspertizasidan o‘tkazish, tender orqali pudratchini aniqlash va qurilish-montaj ishlarini tashkil qilish masalalari aks etadi.

Shuningdek, qurilgan stansiyalarni foydalanishga qabul qilish va boshqarish tartibi hamda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishdan tushgan mablag‘larni taqsimlash mexanizmlari ham belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda quyosh panellari o‘rnatgan aholiga 209 mlrd so‘m subsidiya to‘lab berilgani haqida yozgan edi.