Olmaotada haydovchisiz taksilar bahordan qatnay boshlaydi

eʼlon qilindi
2026-yil 1-mayga qadar
Foto: instagram.com/dmitriy.mun.kz

Qozog‘istonning Olmaota shahrida haydovchisiz taksilarni sinov tariqasida ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Kazinform agentligi xabar berdi.

2026-yil 1-mayga qadar shahar ko‘chalariga 50 ta haydovchisiz avtomobil chiqarilishi kutilmoqda.

Mazkur ma’lumot Olmaota shahri raqamlashtirish boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Meyram Dyusyukov tomonidan mintaqaviy kommunikatsiyalar xizmati brifingida ma’lum qilindi. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha Yandex Kazakstan kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi va shahar transport tizimini modernizatsiya qilishdagi eng yirik tashabbuslardan biri bo‘ladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston Airbus’dan yangi Flexrotor uchuvchisiz tizimlarini xarid qilishi haqida yozgandi.

Shuningdek