O‘zbekistonda radioaktiv chiqindilarni saqlash markazi tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Yangi muassasa sohadagi yagona xizmat ko‘rsatuvchi davlat tashkiloti sifatida faoliyat yuritadi
Foto: Chiina Daily

O‘zbekiston hukumati qarori bilan Yadro fizikasi instituti huzurida Respublika radioaktiv chiqindilarni saqlash markazi tashkil etilmoqda. Bu haqda tegishli hukumat qarori qabul qilindi.

Yangi markaz Yadro fizikasi instituti huzuridagi mavjud radioaktiv chiqindilarni ko‘mish punkti negizida tuziladi. U respublika hududidagi radioaktiv chiqindilarni maxsus avtotransportda tashish, qabul qilish, saralash va uzoq muddatli xavfsiz saqlash bo‘yicha yagona xizmat ko‘rsatuvchi davlat muassasasi hisoblanadi.

Foto: Naked Science

Markazning asosiy vazifalari qatoriga respublika ichida ishlab chiqarilgan yoki chetdan olib kirilgan, foydalanish muddati tugagan hamda yaroqsiz holga kelgan radioaktiv manbalar bilan ishlash kiradi. Muassasa ushbu chiqindilarni saralash, qayta ishlash va saqlash jarayonlarini amalga oshiradi.

Shuningdek, tashkilot radioaktiv chiqindilar bilan ishlashning innovatsion usullarini ishlab chiqish va sohada ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga mas’ul bo‘ladi. Faoliyat davomida raqamli texnologiyalarni qo‘llash va tegishli davlat organlari bilan axborot almashinuvini ta’minlash ham ko‘zda tutilgan.

Avvalroq «Kursiv» Rossiya va O‘zbekiston Jizzaxdagi AES qurilishi bo‘yicha hujjatlarni imzolagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek