Yangiliklar

O‘zbekistonlik hamshiralar Italiyaga ishga taklif qilinmoqda

Loyiha doirasida ishtirokchilar bepul italyan tili kurslarida o‘qitiladi
O‘zbekistonlik hamshiralar Italiyaga ishga taklif qilinmoqda
Foto: Pexels

O‘zbekistonlik hamshiralar Italiyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar bermoqda. Oylik maosh 1,8 ming yevrodan boshlanadi.

Loyiha doirasida ishtirokchilar bepul italyan tili kurslarida o‘qitiladi. Mashg‘ulotlar tibbiyot terminologiyasiga asoslanadi, onlayn formatda o‘tkaziladi va har bir nomzodning ish jadvaliga moslashtiriladi. Til tayyorlov bosqichi yakunlangach, ish beruvchi bilan suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan mutaxassislar Italiyaga ishga yuboriladi.

Ma’lumotga ko‘ra, g‘oliblar ish joylari Milan shahridagi klinikalarga taklif etiladi. Dasturda «Oliy hamshiralik ishi» yo‘nalishi bitiruvchilari qatnashishi mumkin.

Agentlikning qayd etishicha, dastlabki 10 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis Milan shahrida italyan tibbiyoti standartlari bo‘yicha tajriba orttirishni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Litvada qurilish yo‘nalishida ishlash istagida bo‘lgan erkaklar uchun yangi ish imkoniyatlari e’lon qilingani haqida yozgan edi.