Yangiliklar

Qozog‘iston konstitutsiyasining rus tiliga oid qismi o‘zgartiriladi

Endi rus tili qozoq tili bilan teng maqomda bo‘lmaydi
Foto: astanatv.kz

Qozog‘istonning yangi konstitutsiya loyihasida rus tili va undan foydalanishga oid qism o‘zgartiriladi. Bu haqda respublika konstitutsiyaviy sudi raisining o‘rinbosari Baqit Nurmuxan ma’lum qildi.

31-yanvar kuni konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha komissiya Qozog‘istonning yangi konstitutsiyasi loyihasini e’lon qilgan edi. Loyihaning 9-moddasida davlat tashkilotlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarida qozoq tili bilan teng ravishda rus tilidan ham rasmiy foydalanilishi qayd etilgandi. Endilikda ushbu moddada ishlatilgan «teng» so‘zi «qatorida» so‘ziga almashtiriladi. Ya’ni rus tili qozoq tili bilan teng maqomda emas, balki «qozoq tili qatorida» qo‘llanadi.

Qozog‘istonning amaldagi konstitutsiyasi 7-moddasining ikkinchi xatboshisiga ko‘ra, rus tili davlat tashkilotlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qozoq tili bilan rasman teng qo‘llaniladi. Mamlakatda yagona rasmiy til qozoq tilidir.

Avvalroq «Kursiv» Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuv o‘tkazib, bir nechta masalalarni muhokama qilganini yozgandi.