Gadjetlar

Tecno POVA Curve 2 brend tarixidagi eng katta batareya bilan chiqadi

Model yupqa hamda yengil korpusda taklif etiladi
Tecno POVA Curve 2 brend tarixidagi eng katta batareya bilan chiqadi
Foto: Tecno

Tecno POVA Curve 2 brend tarixidagi eng katta batareya bilan chiqishi kutilmoqda. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda. Model yupqa hamda yengil korpusda taklif etiladi.

Rasmiy tizerga ko‘ra, Tecno POVA Curve 2’ni kamida 8 000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlaydi. Smartfon qalinligi 8 mm’dan kam bo‘ladi. Og‘irligi 199 grammdan oshmaydi. Narx hozircha e’lon qilinmadi. Kompaniya ishoralariga qaraganda, qurilma nisbatan hamyonbop segmentda joylashadi.

Foto: Tecno

Yana bir tizerda smartfon bir zaryadda ikki kun ishlashi mumkinligi qayd etilgan. Avtonomlik ko‘rsatkichlari oldingi modelga nisbatan sezilarli oshgani aytiladi.

Texnik tafsilotlar to‘liq ochiqlanmagan. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, TECNO POVA Curve 2 144 Hz yangilanish chastotasiga ega AMOLED displey bilan kelishi mumkin. Qurilma MediaTek Dimensity 710 protsessori va 12 GB gacha tezkor xotira bilan jihozlanishi kutilmoqda.

Foto: Tecno

Rasmiy promo materiallarga ko‘ra, smartfon kulrang, binafsha va qora ranglarda sotuvga chiqariladi. Yangi model taqdimoti 13-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tecno kompaniyasining Pova Curve 2 modeli 13-fevralda taqdim etilishi haqida yozgan edi.