
Toshkent shahridagi kompyuterxonalardan birida 19 yoshli yigit 2 nafar voyaga yetmagan shaxsni pichoqladi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Gumonlanuvchi yigitning aytishicha, u jabrlanuvchilardan birining oyog‘iga pichoq tiqqan. Shuningdek, ikkinchi o‘quvchini ham yaralagan. Bundan tashqari, yana bir gumonlanuvchi o‘zaro janjal paytida jabrlanuvchilarni do‘pposlagan. Qo‘lga olinganlarning har ikkalasi qilgan ishidan pushaymonligini ta’kidlamoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi (ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi ochilgan va gumonlanuvchilar ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» uch yil avval qizini ayiq qafasiga tashlagan ayol uni pichoqlab o‘ldirgani haqida yozgandi.