Toshkentdagi «Stroy Gorod» qurilish bozorining bir qismi vaqtincha yopildi
eʼlon qilindi
2-blokida yong‘in xavfsizligi qoidalarining qo‘pol ravishda buzilgan

Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan «Stroy Gorod» qurilish bozorining bir qismi vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Olib borilgan tekshiruv jarayonida bozorning 2-blokida yong‘in xavfsizligi qoidalarining qo‘pol ravishda buzilgani aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgunga qadar mazkur blokning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Angrenda ko‘p qavatli uydagi yong‘inda bir kishi halok bo‘lgani haqida yozgandi.