Yangi Hyundai Tucson 2027 ilk bor yo‘llarda ko‘rinish berdi — foto

10-fevral 2026 19:12 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Yangi Hyundai Tucson 2027 ilk bor yo‘llarda ko‘rinish berdi
Foto: Carcoops

Hyundai kompaniyasining 2027-yilgi mutlaqo yangi Tucson krossoveri ilk bor yo‘llarda sinov paytida suratga olindi. Bu haqda Carcoops nashri xabar berdi.

Yangi Tucson hozirgi avloddan tubdan farq qiladi. Krossover dizaynida silliq chiziqlar, aerodinamik shakl va minimalizm ustunlik qiladi. Tashqi ko‘rinish o‘tgan yili namoyish etilgan Crater konsepti bilan uyg‘unlikka ega, biroq seriyali modelda u ancha vazminroq uslubda bajarilgan.

Old qismida radiator panjarasi deyarli yopiq ko‘rinishga ega bo‘lib, bu elektromobillar dizaynini eslatadi. Kunduzgi chiroqlar asosiy faralar bilan uzviy bog‘langan. Avtomobil chiqib turuvchi eshik tutqichlari, rakushka tipidagi kapot va yirik g‘ildirak arkalari kengaytmalari bilan jihozlanadi.

Orqa qismda avvalgi tish shaklidagi fonarlar o‘rnini kuzovning chetlariga joylashtirilgan vertikal chiroqlar egallagan. Davlat raqami uchun joy esa yukxona eshigidan bamperga ko‘chirilgan.

Yangi Hyundai Tucson’ning rasmiy taqdimoti joriy yil oxirida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Model gibrid (HEV) va zaryadlanadigan gibrid (PHEV) kuch qurilmalari bilan taklif etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Hyundai Tucson 2027 qanday imkoniyatlar bilan chiqishi haqida yozgandi.

Shuningdek