Yangiliklar

YouTube Premium foydalanuvchilari uchun yangi funksiyasini ishga tushirdi

Funksiya sun’iy intellekt orqali ishlaydi
YouTube Premium foydalanuvchilari uchun yangi funksiyasini ishga tushirdi / Foto: Tech Market

YouTube iOS va Android tizimlarida Premium foydalanuvchilar uchun matnli so‘rovlar orqali pleylist yaratish imkonini beruvchi SI funksiyasini joriy etmoqda. Bu haqda Tech Crunch ma’lum qildi.

Xizmatdan foydalanish uchun foydalanuvchilar «Library» bo‘limiga kirib, «New» tugmasini bosadi va «AI playlist» variantini tanlaydi. Shundan so‘ng matn yoki ovoz orqali istalgan musiqiy yo‘nalish yoki kayfiyatni ifodalovchi so‘rov kiritib, pleylist tuzish mumkin.

YouTube bu yo‘nalishda avval ham tajribalar o‘tkazgan. 2024-yil iyul oyida kompaniya AQShda matnli so‘rovlar asosida maxsus radio stansiyalar yaratish funksiyasini sinovdan o‘tkazgan edi.

Ma’lumot uchun, Google obuna xizmatlari bo‘yicha o‘sishni qayd etmoqda. Shu oy boshida kompaniya Google One va YouTube Premium bo‘yicha umumiy to‘lovchi foydalanuvchilar soni 325 mlnga yetganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq YouTube TV arzonroq va moslashuvchan tarif rejalarini joriy etgan edi.