Audi 2027-yilgi A6 e-tron va Q6 e-tron modellarini taqdim etdi — narx

11-fevral 2026 12:01 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Audi 2027-yilgi A6 e-tron va Q6 e-tron modellarini taqdim etdi — narx / Foto: Audi

Audi 2027-yilgi A6 e-tron va Q6 e-tron elektomobillarini yangilangan dizayn va funksiyalar bilan taqdim etildi. Bu haqda Car & Driver avtonashri ma’lum qildi.

Interyer dizayni

Yangilangan rul dizayni Concept C modelining ichki dizaynidan ilhomlangan bo‘lib, oson boshqaruv imkonini beradi. Konditsioner va iqlim nazorati kabi muhim funksiyalar hali-hanuz ekran orqali boshqariladi.

Foto: Audi

Dasturiy ta’minoti

Ikkala modelga ham yangilangan dasturiy ta’minot joriy qilinadi. U foydalanuvchi interfeysini soddalashtiradi, menyularni osonroq navigatsiya qilish imkonini beradi. Ikonalar va fonlar orasidagi kontrastni oshiradi. Ba’zi menyularda avtomobilning 3D modeli, shu jumladan, rang varianti ham ko‘rsatiladi.

Foto: Audi

Narxlar va sotuvga chiqish

ModelVersiyaNarxi
Audi A6 e-tronOrqa g‘ildirakli, bitta motor$67,995
Audi A6 e-tronIkki motorli$69,995
Audi S6 e-tron$80,895
Audi Q6 e-tron SUVStandart$65,795
Audi SQ6 e-tron SUVSport$74,495
Audi Q6 e-tron SportbackStandart$69,595
Audi SQ6 e-tron SportbackSport$76,895
Foto: Audi

2027-yilgi modellar 2026-yilning ikkinchi choragida dilerlik markazlariga yetib borishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Audi 2028-yilda yangi avlod A4 elektromobilini taqdim etilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek