
Audi 2027-yilgi A6 e-tron va Q6 e-tron elektomobillarini yangilangan dizayn va funksiyalar bilan taqdim etildi. Bu haqda Car & Driver avtonashri ma’lum qildi.
Interyer dizayni
Yangilangan rul dizayni Concept C modelining ichki dizaynidan ilhomlangan bo‘lib, oson boshqaruv imkonini beradi. Konditsioner va iqlim nazorati kabi muhim funksiyalar hali-hanuz ekran orqali boshqariladi.

Dasturiy ta’minoti
Ikkala modelga ham yangilangan dasturiy ta’minot joriy qilinadi. U foydalanuvchi interfeysini soddalashtiradi, menyularni osonroq navigatsiya qilish imkonini beradi. Ikonalar va fonlar orasidagi kontrastni oshiradi. Ba’zi menyularda avtomobilning 3D modeli, shu jumladan, rang varianti ham ko‘rsatiladi.

Narxlar va sotuvga chiqish
| Model | Versiya | Narxi |
|---|---|---|
| Audi A6 e-tron | Orqa g‘ildirakli, bitta motor | $67,995 |
| Audi A6 e-tron | Ikki motorli | $69,995 |
| Audi S6 e-tron | — | $80,895 |
| Audi Q6 e-tron SUV | Standart | $65,795 |
| Audi SQ6 e-tron SUV | Sport | $74,495 |
| Audi Q6 e-tron Sportback | Standart | $69,595 |
| Audi SQ6 e-tron Sportback | Sport | $76,895 |

2027-yilgi modellar 2026-yilning ikkinchi choragida dilerlik markazlariga yetib borishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Audi 2028-yilda yangi avlod A4 elektromobilini taqdim etilishi haqida xabar bergan edik.