Banklarda avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari qanday

9-fevral holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 23 foizni tashkil etdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,7 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 23,4 foizni ko‘rsatmoqda.
Bunda eng past avtokredit stavkalari quyidagi banklarda kuzatilmoqda:
- «Garant bank» – 18%;
- «Ipoteka bank» – 18%;
- «OFB» – 21,4%;
- «Infinbank» – 21,6%;
- «BRB» – 21,9%.
Eng yuqori avtokredit stavkasi:
- «Madad Invest bank» – 28,2%;
- «Mikrokreditbank» – 28%;
- «Trast bank» – 26,6%;
- «Asakabank» – 25,8%;
- «Turon bank» – 25,1%.
Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.
Mikroqarzlar
Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi esa 30,8 foizni tashkil etdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,7 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 23,4 foizni ko‘rsatmoqda.
Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:
- «Tenge bank» – 42,6%;
- «Anorbank» – 41,1%;
- «TBC bank» – 40,7%;
- «AVO bank» – 39,9%;
- «Ipak yo‘li banki» – 36,4%.
Eng past mikroqarz foiz stavkalari quyidagi banklarda:
- «Infinbank» – 24,3%;
- «Trast bank» – 24,8%;
- «Aloqabank» – 24,9%;
- «BRB» – 25,2%;
- «Milliy bank» – 25,5%.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda avtokredit va mikroqarzlar miqdori oshgani haqida xabar berilgandi. Bank hisobotida berilgan statistikaga ko‘ra, 2025-yil davomida o‘zbekistonliklarga mashina xarid qilish uchun 21,56 trln so‘m kredit berilgan. Bu miqdor 2024-yilda taqdim qilingan avtokredit miqdoridan (17,08 trln so‘m) 26,2 foizga (4,5 trln so‘m) ko‘pni tashkil еtmoqda.