
BMW dvigatelni ishga tushirish tizimidagi nuqson sababli butun dunyo bo‘ylab katta qaytarish kampaniyasini boshladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu muammo taxminan 575 mingta avtomobilni qamrab oladi.
Muammo starterning magnit kalitida (solenoiddagi) aniqlangan. 2020-yil iyulidan 2022-yil iyuligacha ishlab chiqarilgan qismlarda ko‘p marta ishga tushirish sikllari davomida tezroq eskirish yuz beradi. Eskirgan metall parchalar qismlarning qisqa tutashuviga olib kelishi mumkin, bu esa mahalliy qizib ketish yoki eng yomoni avtomobilning yo‘l davomida yonib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
BMW ishlab chiqaruvchilari ta’mir ishlari amalga oshirilmaguncha, avtomobilni ishga tushirilgan holda nazoratsiz qoldirmaslik, ayniqsa masofadan ishga tushirish funksiyasidan foydalanganda tavsiya qiladi.
Qaytarish kampaniyasi quyidagi modellarga taalluqlidir:
- Sedan va kupe: 2 (G42), 3 (G20, G21, G28), 4 (G22, G23, G26), 5 (G30, G31), 6 GT (G32), 7 (G11, G12)
- Krossoverlar: X3 (G01), X4 (G02), X5 (G05), X6 (G06)
- Rodsterlar: BMW Z4 (G29) va texnik jihatdan unga mos Toyota Supra
Servis kampaniyasi doirasida barcha muammoli avtomobillarda starter to‘liq almashtiriladi. Ba’zi hollarda, mexaniklar akkumulyator batareyasini ham almashtirish talab qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMW X5 Year of the Horse cheklangan seriyasi taqdim etilgan edi.