Cadillac Escalade sovuq havoda tormoz tizimi muammosiga duch kelmoqda: aniqlash usullari va yechim

11-fevral 2026 11:38 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Cadillac Escalade sovuq havoda tormoz tizimi muammosiga duch kelmoqda / Foto: GMAuthority

GM kompaniyasi Cadillac Escalade va Escalade ESV modellari sovuq havoda tormoz muammosiga uchrashi mumkinligini e’lon qildi. Bu haqda GMAuthority nashri xabar berdi.

Muammo tafsilotlari

Ogohlantirish 2022 – 2026-yilgi modellarga taalluqli bo‘lib, barcha mavjud dvigatel va transmissiya kombinatsiyalarini qamrab oladi. Sovuq haroratda tormoz pedalining sezgirligi o‘zgarishi va turli ogohlantiruvchi xabarlar yoki indikatorlarni kuzatishi mumkin. Masalan, instrument panelida «Service StabiliTrak», «Service Engine Soon» yoki «Service Brake System» kabi xabarlar paydo bo‘lishi mumkin.

Foto: GMAuthority

Muammoni aniqlash

Texniklar muammoni aniqlash uchun avvalo DTC (Diagnostic Trouble Code) kodlarini tekshirishlari kerak. Asosiy kodlardan biri – DTC C055F, u K160 Brake System Control Module bilan bog‘liq. GM ma’lumotlariga ko‘ra, bu muammo eng ko‘p tashqi harorat -23°C ostida paydo bo‘ladi. 2026-yilgi modellar uchun esa kod C0597 bo‘lishi mumkin.

Muammoning sabablari va yechimlar

GM kompaniyasi muammoning sababini akkumulyator va elektr tizimining past kuchlanishi bilan izohlaydi. Bunday holat sovuq havoda yoki akkumulyator zaryadi past bo‘lganda ko‘proq uchraydi.

Texniklar muammoni aniqlash va bartaraf etish uchun quyidagilarni bajarishi lozim:

  • Akkumulyatorni sinab ko‘rish va kerak bo‘lsa almashtirish;
  • Akkumulyator simlari, dvigatel kabellari va sigorta bloklarini tekshirish;
  • Elektr va yer terminallarida buzilish, noto‘g‘ri qisqichlar yoki terminalning chiqib ketganini aniqlash;
  • Yer va sigorta ulanishlarida korroziya yoki bo‘shliq mavjudligini tekshirish.
Foto: GMAuthority

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kia EV4 elektromobilining qattiq sovuq sharoitda sinovdan o‘tkazilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek