Chevrolet Onix avtomobili sotib olishga arziydimi

11-fevral 2026 15:52 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Onix avtomobili sotib olishga arziydimi
Foto: Kursiv Uzbekistan / Fototahrir: Kursiv Uzbekistan

Chevrolet Onix O‘zbekiston bozorida ommalashib borayotgan modellardan biri hisoblanadi. «O‘zavtosanoat» AJ matbuot xizmatiga ko‘ra, 2025-yilda bu avtomobildan 33 ming dona sotilgan. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida Chevrolet Onix avtomobilining qulayligi, texnik imkoniyatlari va kamchiliklari haqida so‘z boradi.

Mundarija:

Model konsepsiyasi va bozordagi o‘rni

Foto: Kursiv Uzbekistan

Onix bugun Cobalt’dan keyingi bosqichni izlayotgan xaridor uchun taklif qilinmoqda. U zamonaviy xavfsizlik, ko‘proq opsiya va 6AT turboversiya dinamikasini beradi. Rasmiy chegirmadagi narx $161,9 mln so‘mdan boshlanadi. Bu Cobalt’ning $146,455 mln so‘mdan boshlanadigan narxidan yuqori. Ammo farq segment ichida texnologiya va xavfsizlik uchun qo‘shimcha to‘lov sifatida izohlanadi.

Model haqida

Foto: Kursiv Uzbekistan

UzAuto Motors 2022-yil 1-noyabrdan Onix sedani uchun shartnoma berishni boshlagan. Model bozorimizda to‘liq sedan sifatida yuritiladi. Rasmiy katalogda LS MT’dan tortib Turbo AT Redline’gacha bir nechta komplektatsiya mavjud. Atmosferali 1.2 dvigatel 90 ot kuchi va 5MT bilan taklif qilinadi. Turbo versiya esa 132 ot kuchi va 6AT bilan keladi. Aralash sarf pasport bo‘yicha 5,5–6,5 litr atrofida ko‘rsatilgan, ammo real sarf haydash uslubiga bog‘liq.

O‘lchamlari 4474×1746×1470 mm. G‘ildirak bazasi 2600 mm. Bagaj hajmi 469 litr.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Xavfsizlik va texnologiya

Baza komplektatsiyada ham ESC, ABS va ISOFIX mavjud. Old xavfsizlik yostiqchalari standart tarzda taklif qilinadi. Yuqori trimlarda yon yostiqchalar, ko‘rinmas nuqta monitoringi va yarim-avtomatik parkovka bor. Orqa kamera va park datchiklari ham mavjud.

Multimedia tizimida 8 dyuymli sensorli ekran, Bluetooth va USB portlar uchraydi. Ayrim versiyalarda simsiz zaryad funksiyasi ham mavjud. Rasmiy kafolat 36 oy yoki 100 000 km.

Foto: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekiston sharoitiga moslik

Eng bahsli ko‘rsatkich — 136 mm klirens. Shahar ichida bu yetarli. Ammo notekis yo‘llar va balandroq to’siqlarda ehtiyot talab qilinadi. Qishloq hududlari uchun bu pastroq ko‘rsatkich sifatida ko‘riladi.

Ishlab chiqaruvchi Onix uchun TXK davriyligini 5000 km yoki 6 oy qilib belgilagan. Bu ayrim raqiblarga nisbatan tezroq servis degani. Turbo dvigatelda yonilg‘i sifati va servis intizomi muhimroq.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Yangilangan Chevrolet Onix 2026 avtomobili savdoga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek