Kofe va choy iste’moli demensiya xavfini kamaytirishi mumkin

Kuniga bir necha finjon kofeinli kofe va choy ichish uzoq muddatda kognitiv funksiyalarni yaxshilashi mumkin. Tahlillar davomida 130 mingga yaqin insonlarning ma’lumotlari o‘rganib chiqildi.

Olimlarning xulosasiga ko‘ra, o‘rta yoshda kofe ixlosmandlarida demensiya rivojlanish ehtimoli 18 foizga, choy ichuvchilarda esa 14 foizga kamroq bo‘lishi mumkin. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, kofeinsiz ichimliklar bunday ta’sirga ega emas.

Shu bilan birga, mutaxassislar salomatlikni yaxshilash maqsadida kofe va choy iste’molini sun’iy ravishda oshirmaslik kerakligini qayd etmoqda. Ayniqsa, xavotir, uyqusizlik yoki yurak ritmi buzilishidan aziyat chekadiganlar, shuningdek, kofeinga nisbatan salbiy reaksiyasi bor insonlar ehtiyot bo‘lishlari lozim.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Arabika qahvasi narxi 13 yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarilgani haqida xabar bergan edi.