Yangiliklar

«Oʻzbekneftgaz» xodimlari oyliklari 10 foizga oshiriladi

1-aprel
Foto: «O‘zbekneftgaz»

«Oʻzbekneftgaz» AJ xodimlarining turmush darajasini oshirish va ularning moddiy manfaatlarini yanada himoyalash maqsadida oylik maoshlarini oshirishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «Oʻzbekneftgaz» tizim korxona va tashkilotlaridagi xodimlarning lavozim okladlari (tarif stavkalari) 1-apreldan boshlab 10 foizga oshiriladi.

Qaror 32 mingdan ziyod xodimlarni qamrab oladi va tizimning moliyaviy imkoniyatlari hamda ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga tayanadi.

Ma’lumot uchun, 2026-yil uchun tarif setkasi avvaldan oshirilgan miqdorda tasdiqlangan korxona va tashkilotlarga bu norma tatbiq etilmaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «O‘zbekneftgaz»da tekshiruv: 5 xodimga chora ko‘rildi, 16 nafari ogohlantirilgani haqida yozgandi.