
Yangi global tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston ayollari fan sohasidagi yuqori pozitsiyalarga yetib borishda hali ham cheklangan imkoniyatlarga ega.
Xalqaro ilmiy kengash, Akademiyalararo hamkorlik va Fan sohasida gender tengligi qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekiston Fan akademiyasidagi a’zolar orasida ayollar ulushi atigi 5 foizni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich 136 ta ilmiy tashkilotlar orasida eng pastlaridan biri hisoblanadi va O‘zbekiston «ayollar ishtiroki juda past» bo‘lgan mamlakatlar guruhiga kiradi — ya’ni 10% dan kam ulush.
Hozirgi kunda dunyo miqyosida ilmiy xodimlarning faqat 31,1% ini ayollar tashkil qiladi. Milliy akademiyalar, ya’ni ilmiy e’tirofning eng yuqori darajasi hisoblangan tashkilotlarda ayollar ulushi o‘rtacha faqat 19% ni tashkil etadi. Shu bilan birga, 2015-yilda bu ko‘rsatkich 12% atrofida bo‘lgan. So‘nggi o‘n yil ichida ayollarning ulushi 10% dan kam bo‘lgan akademiyalar soni 34% dan 19% gacha kamaygan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gender tenglik O‘zbekiston daromadini 29 foizga oshirishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.