Yangiliklar

O‘zbekistonda yerga bog‘liq Milliy koordinatalar tizimi joriy etiladi

Milliy koordinatalar tizimining boshlang‘ich nol nuqtasi Samarqand viloyati Samarqand shahridagi Cho‘ponota tepaligi
Toshkentdagi korxonasini Sirdaryoga ko‘chiradigan tadbirkorlarga yerlar chegirma bilan beriladi
Foto: ijtimoiy tarmoq

Hukumat qarori bilan «O‘zbekiston Respublikasi Milliy koordinatalar tizimi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, Milliy koordinatalar tizimi bir nechta asosiy qismlardan iborat bo‘ladi. Ular orasida milliy geodeziya referens datumi, Yer gravitatsiya maydonining global modeli, tizimning boshlang‘ich nol nuqtasi, davlat geodeziya tarmog‘i punktlari kataloglari va maxsus ma’lumotlar bazasi mavjud.

Milliy koordinatalar tizimining boshlang‘ich nol nuqtasi Samarqand viloyati Samarqand shahridagi Cho‘ponota tepaligida joylashgan davlat geodeziya punkti etib belgilandi.

Yer gravitatsiya maydonining global modeli sifatida EGM2008 qabul qilindi. Tizim ma’lumotlar bazasidan maxsus veb-sahifa orqali foydalanish mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston O‘zbekistondan o‘tgan yirik yer maydonlarini davlat mulki sifatida qabul qilgani haqida xabar berilgandi. Mazkur hududlar Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida, ikki davlat chegarasi bo‘ylab joylashgan.