Gadjetlar

Redmi K90 Ultra qachon taqdim etiladi

Yangi model aprel oyida taqdim etilishi mumkin
Redmi K90 Ultra qachon taqdim etiladi
Foto: Redmi

Redmi Xitoy bozori uchun yangi Redmi K90 Ultra smartfonini tayyorlamoqda. U 2025-yil iyunda chiqqan Redmi K80 Ultra modelining vorisi bo‘ladi. Gizmochina’ga ko‘ra, yangi model avvalgisiga qaraganda erta, aprel oyida taqdim etilishi mumkin.

Qurilma Dimensity 9500 protsessorida ishlashi kutilmoqda. Smartfon 2604FRK1EC model raqami bilan GSMA IMEI bazasida ham qayd etilgan. 2604 kodi uning 2026-yil aprel oyida debyut qilishi mumkinligini anglatadi.

Redmi K90 Ultra’ning asosiy jihatlaridan biri faol sovutish tizimi bo‘ladi. Bu Xiaomi telefonlarida ilk bor qo‘llanilishi kutilmoqda. Qurilma 6,8 dyuymli 1,5K ekran va 165 Hz yangilanish tezligiga ega bo‘lishi aytilmoqda.

Smartfon 8500 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlanadi va 100 Vt tezkor quvvatlashni oladi. Shuningdek, metall korpus, ekran ostiga o‘rnatilgan ultratovushli barmoq izi skaneri hamda IP68/69 darajasida suv va changdan himoya ham bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Redmi Note 15 Pro+ 5G smartfoni haqida sharh e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, Redmi Note 15 Pro+ 5G zamonaviy va «oraliq» dizaynga ega. Old va orqa panellar qisman egilgan. Bu yechim kaftga bosim bermaydi, ammo to‘liq tekis qirrali modellar kabi amaliy emas.