
Saudiya Arabistonida veloshosse bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yana bir muhim natijani qayd etdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
U23 yosh toifasida ishtirok etgan Samira Ismoilova musobaqaning guruh poygasida 109,2 kilometr masofani bosib o‘tib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.




Avvalroq Kursiv Uzbekistan 20 km masofaga mo‘ljallangan aralash estafeta dasturida O‘zbekiston jamoasi yuqori natija qayd etib, ikkinchi o‘rinni egalladi va kumush medal bilan taqdirlangani haqida yozgandi.
Mazkur bahslarda Roksana Hikmatova, Gulhayo Sattorova, Fazliddin Ergashev hamda Chingiz Cho‘liyev O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi.